100%x280

Qutlug` qon

Oybekning «Qutlug` qon» romanining bosh qahramoni Yo`lchi - mard, halol, oqko`ngil, olijanob yigit. Ma`lumki, inson o`zi qanday bo`lsa, o`zgalar haqida ham shunday o`ylaydi. Shuning uchun ham Yo`lchi shahardagi qarindoshlardan mehr-u muruvvat kutadi. U o`ziga qilinadigan yaxshiliklar evaziga halol mehnati bilan badal to`lay oladi. Buni siz romanda yigitning mehnatdan qo`rqmasligi, ishning ko`zini bilishi tasvirlangan o`rinlardan payqab olasiz.Asarning ushbu nashrida asorda uchraydigan ilmiy, tarixiy atamalarga, ruscha va baynalmilal so`zlarga alohida izoh va iqtiboslar berildi va hozirgi o`zbek adabiy til qoidalari asosida qayta ishlandi.

Qo`shilgan sanasi: 2021-05-10

100%x280

Chinor

«Chinor» asari bir o`zbek oilasi haqida. Bu oila katta, qadimiy, madaniy, mehnatkash va shu ma`noda «tagli-zotli». Uning har bir a`zosi xalq hayotida ma`lum bir mas`uliyatli yukni o`z zimmasiga oigan. Jonajon tuproqqa chuqur tomir yoygan, baquvvat va qadimiy Chinor mangulik ramzi, xalqimiz ramzidir.Oila boshi Ochil buva safari bilan shartli ravishda o`zaro bog`langan qissalarning har biri mustaqil axloqiy-estetik fikrni oldinga suradi. Hikoyatlar va rivoyatlar esa bu fikrlarni quvvatlab, yanada mustahkamlaydi.

Qo`shilgan sanasi: 2021-05-10

100%x280

Boburnoma

Бобурнома» - ўзбек мумтоз адабиётининг нодир ёдномасидир. Жаҳон шарқшунослари Бобурнинг китобига шунчалик қизқадиларки, асар инглиз тилига ўн маротаба таржима қилинган.«Бобурнома» - биринчи навбатда шоҳаншоҳ Бобур, падар Бобур, лашкарбоши Бобур, самимий Бобур, саховатли Бобур, ҳақгуй Бобурнинг умрий таржимаи ҳолидир.Дунё олимлари Бобурни жаҳоннинг йирик императорларига қиёслаб, якдиллик билан унинг дилбар шахслигини таъкидлашади.Бобурномани ўқисангиз, Бобур ҳақидаги ҳақиқий кўп серияли кино кўргандай хузур қиласиз. Муҳими Бобур шахсига сизда ҳавас уйғонади.

Qo`shilgan sanasi: 2021-05-10

100%x280

Ikki eshik orasi

Roman o`tgan asrda ikkinchi jahon urushining boshqa xalqlar qatori o`zbek xalqi boshiga keltirgan kulfatlarini yoritishga bag`ishlangan. Asarda urushning insoniyatga xavf tug`diruvchi mohiyati, uning xalqimizga keltirgan mudhish oqibatlarini vatandoshlarimiz siymolari aks etgan badiiy obrazlar vositasida yoritib berilgan.O`zbek o`quvchilari orasida eng ko`p o`qiladigan mazkur roman Vatanga sadoqat, ishq-muhabbat, insonparvarlik mavzusi bilan ham ahamiyatlidir. Xalqimizning sevimli adibi O`tkir Hoshimovning ushbu durdona asari kitob javoningizdan joy olishiga ishonamiz.

Qo`shilgan sanasi: 2021-05-10

100%x280

Ufq

Said Ahmadning «Ufq» trilogiyasi nafaqat yozuvchi ijodida, balki o‘zbek adabiyotida yangi janr hisoblanadi. Ijodining eng sermahsul davrida yozgan ushbu roman-trilogiyada yozuvchi Ikkinchi jahon urushining olovli yillarida o‘zbek dehqonlarining front orqasida ko‘rsatgan mehnat qahramonliklari haqida hikoya qiladi, urushdan oldingi va keyingi davr muammolari haqida bahs yuritadi.Davrga xos qiyinchiliklar, mashaqqatlar og‘ushida urush va mehnat frontiga safarbar qilingan yoshlar qalbi jo‘shqinlik va muhabbat tuyg‘ularidan yiroq emas: Azizxon va Lutfinisa, Nizomjon va Dildor, Tursunboy va Zebixon… Asarda o‘t-olov bo‘lib yongan oshiq-ma’shuqlarning hech biriga visol nasib etmaydi. Qiyinchiliklardan keyin qahramonlar yana sevgiga, sadoqatga ro‘baro‘ bo‘lishadi, ammo birinchi muhabbat davr va sinovlar qa’riga singib ketadi…O‘quvchi mutolaa davomida nafaqat jonli tasvirlar orqali tarixiy ma’lumotlar bilan tanishadi, balki hayot mashaqqatlaridan saboq chiqarishga, insoniylik va muhabbat aynan qiyinchiliklar ta’sirida toblanishiga amin bo‘ladi.

Qo`shilgan sanasi: 2021-05-10

100%x280

Chol va dengiz

Bu qissa badiiy mahorat, qolaversa, unda ko’tarilayotgan muammolar zamirida adabiy jarayonda muhim voqeaga aylangan asardir. Hajman unchalik katta bo’lmagan ushbu qissa Xeminguey ijodida alohida o’rin tutadi. Uni chuqur falsafiy ma’noga ega hikoya desa ham bo’ladi, shu bilan birga unda tasvirlangan obrazlar ramziy umumlashma darajasiga ko’tariladi, konkret va o’ziga xos xarakterlarga egadir. O’z mehnati tufayli hayot ma’nosini anglagan zahmatkash inson Xeminguey ijodida ilk bor qahramonga aylanadi. “Inson magʻlubiyatga uchrash uchun yaratilgani yoʻq. Insonni yoʻq qilib tashlash mumkin, ammo uni aslo yengib boʻlmaydi!” deb yozadi Ernest Xeminguey “Chol va dengiz” qissasida. Mazkur asar 1952-yilda dunyoga keldi. Va yozuvchiga haqiqiy shuhrat keltirdi. 2 yil oʻtib mazkur asardagi gʻolibona ruhiyat sabab Xeminguey Nobel mukofoti sovrindori boʻldi. Oʻzingizni, ruhingizni tarbiyalashga kirishdingizmi? Unda vijdonli ijodkor, realist yozuvchi, XX asrning zamondoshi boʻlgan Xemingueyning “Chol va dengiz”ini oʻqing! Shunda siz ham yagona xulosaga kelasiz: “Insonni yengib boʻlmaydi!”.

Qo`shilgan sanasi: 2021-05-10

100%x280

C++ video darslik

C++ haqida video darslik

Qo`shilgan sanasi: 2021-05-11 16:39:37